4) ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti
boʻyicha soliq va penya summalari kamaytirilganda.
(9-q.)
Soliq qarzini undirish milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit
hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa -
majburiyatga ega shaxsning chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan
amalga oshirilishi mumkin. Majburiyatga ega shaxsning valyuta hisobvaraqlaridan soliq qarzini
undirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta sotiladigan sanada belgilangan
kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladigan summaga ekvivalent summada amalga oshiriladi.
(10-q.)
Soliq qarzini undirish muddatli depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan,
ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amalga oshirilmaydi.
(11-q.)
Valyuta hisobvaraqlarida turgan mablagʻlarni undirish chogʻida soliq organining
rahbari (rahbar oʻrinbosari) inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtning oʻzida bankka
majburiyatga ega shaxsning valyutasini sotish uchun topshiriqnoma yuboradi. Mazkur
topshiriqnoma bank tomonidan u olingan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay
bajariladi. Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xarajatlar shu majburiyatga ega shaxsning
hisobidan amalga oshiriladi.
(12-q.)
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning bankdagi hisobvaraqlaridan pul
mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank
tomonidan inkasso topshiriqnomasi olingan kundan keyingi bir operatsiya kunidan kechiktirmay,
valyuta hisobvaraqlaridan undirishda esa - ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi.
(13-q.)
Agar bank tomonidan soliq organining inkasso topshiriqnomasi olingan kunda
majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlarida uni bajarish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa,
inkasso topshiriqnomasi shu hisobvaraqlarga pul mablagʻlari kelib tushishiga qarab, har bir
bunday tushum kunidan keyingi bir yoki ikki operatsiya kunidan kechiktirmay, hisobvaraq
valyutasiga bogʻliq holda bajariladi. Mazkur inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik
toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan
bajariladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(14-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilaridan bank
hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirishning oʻziga xos xususiyatlari
ushbu Kodeksning 122-moddasida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: