(6-q.)
Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki
hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi
qism)
(7-q.)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan
ushbu ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi:
1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga;
2) naqd pul mablagʻlariga;
3) boshqa shaxslarga shartnoma boʻyicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga
berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga oʻtmagan holda, agar soliq
majburiyati ijrosini taʼminlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb
topilgan boʻlsa;
4) boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning
yoki uning oilasi aʼzolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan mol-mulk
mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(8-q.)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda ushbu moddaning
yettinchi qismida belgilangan ketma-ketlikni buzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-q.)
Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablagʻlari koʻrinishida boʻlmagan mol-mulki
hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib
tushgan summalar hisobidan toʻlangan paytdan eʼtiboran toʻlangan deb hisoblanadi.
(10-q.)
Mazkur mol-mulk xatlab qoʻyilgan kundan eʼtiboran va tushgan summalar budjet
tizimiga oʻtkazilgan kunga qadar soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penyalar
hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: