Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

130-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti 
boʻlgan chet ellik shaxslarni hisobga qoʻyishning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni amalga 
oshirish boshlangan kundan eʼtiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq 
organiga soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Ushbu 
arizaga quyidagilarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tarzda 
tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻzi taʼsis etilgan 
mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning; 


2) maxsus ruxsat beruvchi hujjatlarning yoki litsenziyalarning (ular mavjud boʻlgan 
taqdirda); 
3) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston 
Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa 
hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda); 
4) ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnomaning (mavjud 
boʻlgan taqdirda). 
(2-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs bir yuz sakson 
uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga 
qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar mazkur 
faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga 
taqdim etiladi. 
(3-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻz 
faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan 
bir nechta shartnomalar tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza 
va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish 
boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch 
kalendar kundan oshadigan boʻlsa, oʻsha shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar 
kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. 
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan oddiy shirkatning 
(birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning) ishtirokchisi boʻlgan, faoliyati doimiy 
muassasa tashkil etilishiga olib keladigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti soliq 
toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan 
eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchisi 
boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan (yashaydigan, turgan) yeridagi 
soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning notarial tarzda 
tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart: 
1) birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatni yoki Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning oʻz 
mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi raqamini 
koʻrsatgan holda, tasdiqlovchi hujjatni (yoki uning oʻrniga oʻtadigan hujjatni). 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oladigan, ushbu Kodeks 
qoidalariga muvofiq toʻlash manbasida soliq solinishi lozim boʻlmagan chet ellik fuqarolar va 
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kun 
davomida turgan (yashaydigan) joyidagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani 
quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart: 
1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlarni; 
2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatni, 
bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda; 
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad summasini tasdiqlovchi 
hujjatni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda. 
(6-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida mol-mulk soligʻi yoki yer soligʻi solish obyekti boʻlgan 
mol-mulkni oluvchi chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq toʻlovchi sifatida 
roʻyxatdan oʻtish uchun bunday mol-mulk yoki yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga 


hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan 
holda taqdim etishi shart: 
1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlarni; 
2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, 
bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin