Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga 
oshirish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari 
(1-q.)
Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning (bundan buyon ushbu moddada 
mijoz deb yuritiladi) hisobvaragʻi yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvaragʻi 
yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi axborotni tegishli hodisa 
roʻy bergan kundan eʼtiboran uch kun ichida elektron shaklda, oʻzi joylashgan yerdagi soliq 
organiga maʼlum qilishi shart. 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni bank tomonidan 
maʼlum qilish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
(3-q.)
Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻroviga 
binoan bank yozma soʻrov olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni 
berishi shart: 
1) mijozning bankda hisobvaraqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni; 
2) mijozning hisobvaraqlari va omonatlaridagi (depozitlaridagi) pul mablagʻlarining 
qoldiqlari haqidagi maʼlumotlarni; 


3) mijozning hisobvaraqlaridagi operatsiyalarga hamda omonatlariga (depozitlariga) doir 
koʻchirmalarni; 
4) soliq toʻlovchining soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni. 
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, Oʻzbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli 
organining soʻrovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan soʻrab olinishi mumkin. 
(5-q.)
Soliq organi tomonidan bankka soʻrov yuborish shakli va tartibi hamda banklar 
tomonidan soliq organlarining soʻrovlariga koʻra axborot taqdim etish tartibi Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son 
Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin