Ichki meʼyoriy hujjat
BANK KARTASINI CHIQARISH VA UNGA XIZMAT KO‘RSATISH BO‘YICHA
OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
Ushbu bilan, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki (bundan buyon shartnoma matnida
“Bank” deb yuritiladi), jismoniy shaxslarga (bundan buyon shartnoma matnida
“Mijoz” deb yuritiladi) bank
kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasini (bundan buyon shartnoma
matnida
“Shartnoma” deb yuritiladi) tuzishni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-
moddasiga muvofiq taklif qiladi.
Mijoz tomonidan ushbu shartnomaning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan
harakatlar amalga oshirilishi,
Mijozning mazkur shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va hajmda Bank bilan Shartnoma tuzishga rozi
bo‘lganligini hamda Shartnoma talablarini eʼtirozsiz to‘liq qabul qilganligini bildiradi.
Shartnoma Mijoz bank kartasi ochish uchun Bankka murojaat qilganida
bosma shaklda yoki Mijoz
Bankning mobil ilovasi orqali masofadan bank kartasi ochish uchun murojaat qilganida elektron shaklda
taqdim qilinadi. Mijoz shartnomani Bankning korporativ “www.ipotekabank.uz” veb-saytida va Bank mobil
ilovasida elektron PDF-fayl ko‘rinishida yuklab olishi mumkin.
I. ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR
1.1. Shartnomada quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
aksept – ofertaning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi. Ofertani akseptlash shartnoma tuzilganligini
vujudga keltiradi
va huquqiy ahamiyatga ega;
bank kartasi – mijozga to‘lov infratuzilmasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki naqd pul
mablag‘larini olish yohud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va Bank tomonidan
belgilangan boshqa
amaliyotlarni bajarish imkonini beruvchi to‘lov vositasidir. Bank kartasi debet, kredit kartasi,
shu jumladan
virtual (jismonan mavjud bo‘lmagan) karta bo‘lishi mumkin;