Ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 489,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix09.06.2023
ölçüsü489,27 Kb.
#127822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
yangi taxrir oferta shartnoma

 
 
Ichki meʼyoriy hujjat 

м
mablag‘lar chiqim qilinishini cheklash, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha Mijozni o‘rganish shu 
jumladan, bevosita shartnomada ko‘rsatilgan shaxs tomonidan amaliyotning o‘tkazilayotganligini o‘rganish; 
6.1.10. Mijozning masofaviy bank xizmatlaridan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
maqsadida foydalanilganligi haqida asosli shubhalar mavjud bo‘lganda, bank kartasi orqali amaliyotlar 
o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish
6.1.11. bank kartasi yoki uning rekvizitlaridan noqonuniy foydalanishni tasdiqlovchi holatlar 
mavjudligida hamda ushbu shartnomada va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank 
kartasi orqali amaliyotlar o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish; 
6.1.12. Mijozning SMS-banking tizimiga ulangan telefon raqamiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari
ularning shartlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va Bank Mijozni xabardor qilishni lozim topgan boshqa 
maʼlumotlarni SMS xabarnoma ko‘rinishida yuborish; 
6.1.13. Mijozni kamida 10 kalendar kun oldin ushbu shartnomada belgilangan tartibda xabardor qilish 
orqali bank tariflariga o‘zgartirish kiritish; 
6.1.14. Shartnomaga o‘zgartirish kiritishni yoki Shartnomani yangi tahrirda tuzishni oferta qilish; 
6.1.15. Bank qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
6.2. Bankning majburiyatlari: 
6.2.1. bank kartasini ushbu shartnomada belgilangan tartibda va muddatda chiqarish
6.2.2. bank kartalari orqali o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
amalga oshirish; 
6.2.3. Mijoz so‘rovi asosida bank kartasidan foydalanish qoidalari hamda ular orqali amaliyotlarni 
amalga oshirish bo‘yicha Bank va Mijozning javobgarlik chegarasi to‘g‘risida axborot berish; 
6.2.4. Mijozning bank karta hisobvarag‘ini to‘ldirish uchun kelib tushgan pul mablag‘larini 3 bank ish 
kunidan kechiktirmasdan bank karta hisobvarag‘iga kiritib qo‘yish. Agar pul mablag‘larini bank karta 
hisobvarag‘iga o‘tkazish dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa pul mablag‘larini o‘tkazish dam olish 
yoki bayram kunlaridan keyingi ish kunida amalga oshiriladi; 
6.2.5. Mijozdan bank kartasi yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganda, bank 
kartasi orqali amaliyotlarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank kartasini muomaladan 
chiqarish choralarini ko‘rish; 
6.2.6. bank karta hisobvarag‘i yopilganda, keyingi amaliyot kunidan kechiktirilmagan holda karta 
hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘larini Mijoz ko‘rsatgan to‘lov rekvizitlari bo‘yicha o‘tkazib berish; 
6.2.7. bank tariflariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida, bunday o‘zgartirishlarni amalga kiritishdan 
avval kamida 10 kalendar kun oldin bankning korporativ “www.ipotekabank.uz” veb-saytida eʼlon 
joylashtirish hamda Mijozni ushbu shartnomada belgilangan tartibda xabardor qilish; 
6.2.8. bank kartasini amal qilish muddatidan avval to‘xtatish to‘g‘risida Mijozni kamida 10 kalendar kun 
oldin ushbu shartnomada belgilangan tartibda xabardor qilish
6.2.9. Mijoz talabiga binoan uning bank kartasidan foydalanish bilan bog‘liq tegishli hujjatlarni va 
axborotni ushbu shartnomada belgilangan tartibda taqdim etish (bank tariflarida bunday hujjatlarni va 
axborotni taqdim qilganlik xizmat haqi undirilishi nazarda tutilishi mumkin). 

Yüklə 489,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin