Ichki meʼyoriy hujjat
3
м
3.4. Shartnoma Mijozga bank karta hisobvarag‘i ochilgan bank filiali joylashgan yerda tuzilgan
hisoblanadi.
VI. BANK KARTASINI CHIQARISH VA ULARGA
XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI
4.1. Bank ushbu shartnomaning 3.1-bandiga muvofiq Mijozning akseptini olgan bank ish kunidan
keyingi bank ish kunidan kechiktirmay Mijoz nomiga bank karta hisobvarag‘ini ochadi hamda 3 kunlik
muddatda bank kartasini chiqaradi:
4.2. Chiqarilgan bank kartasi Mijozga yoki uning ishonchli vakiliga, Mijoz identifikatsiya qilinganidan
so‘ng qoidalarda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
4.3. Bank kartasi kuryerlik xizmati orqali qo‘shimcha xizmat haqi evaziga yetkazib berilishi ham
mumkin. Qo‘shimcha ximat haqining miqdori Bank tariflarida belgilanadi.
4.4. Bank kartasining muddati, bank kartasining old tomonida ko‘rsatiladi (masalan: 03/24.- 31 mart
2024 yil soat 23:59ga qadar). Ushbu muddat o‘tganidan so‘ng bank kartasi avtomatik ravishda bloklanadi.
4.5. Bank tomonidan bank kartasini chiqarish qoidalarda belgilangan asoslarga ko‘ra rad qilinishi
mumkin.
4.6. Bank kartasi Bank tomonidan qoidalarda belgilangan hollarda yoki vakolatli organ tashabbusi bilan
bloklanishi mumkin.
4.7. Mijoz bevosita Bankka yozma ravishda yoki Bankning masofaviy bank xizmati tizimlari
imkoniyatlaridan foydalangan holda xabarnoma yuborish orqali bank kartasi bloklanishini so‘rashi mumkin.
4.8. Bank kartasining PIN-kodi 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganida bank kartasi avtomatik ravishda
bloklanadi.
4.9. Qoidalarga binoan bank karta hisobvarag‘ida saqlanishi majburiy bo‘lgan pul mablag‘larining
minimal qoldig‘i shakllantiriladi.
4.10. “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki
nazorat” qoidalariga muvofiq bank kartalari bo‘yicha amaliyotlar to‘xtatib turilishi mumkin.
4.11. Bank kartasi hisobvarag‘idan chiqim qilingan eʼtirozli amaliyotlar bo‘yicha Mijoz bankka yozma
eʼtiroz taqdim qilishi lozim.
4.12. Bank Mijozning eʼtirozlarini tegishli to‘lov tizimining qoidalarida belgilangan tartibda va
muddatlarda ko‘rib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: