Ichki meʼyoriy hujjat
4
м
kartasidan avtoto‘lov xizmati orqali Mijozning qo‘shimcha roziligisiz avtomatik (inson omilisiz) hisobdan
chiqariladi va tegishli to‘lovni oluvchining hisobiga o‘tkaziladi.
Ushbu qoida Mijoz uchinchi shaxslarning tijorat banklaridan yoki boshqa yuridik shaxslardan olgan
qarz\kredit yoki tovar (ish, xizmat) haqi to‘lanishini birgalikda qarz oluvchi, kafil va hokazo tarzda o‘z
zimmasiga olgan bo‘lsa ham qo‘llaniladi.
5.4. Bank va boshqa to‘lov tizimlari xizmat haqlari tegishli xizmat ko‘rsatilgan sanada amalda bo‘lgan
Bank tariflarida hamda qoidalarda belgilangan tartibda va miqdorda Bank karta hisobvarag‘idan akseptsiz
hisobdan chiqariladi. Mijoz ko‘rsatilgan xizmatlar haqini boshqa hisobvaraqlardagi mablag‘lardan naqd yoki
naqd pulsiz shaklda ham amalga oshirishi mumkin.
Bank kartasini ochish uchun undiriladigan to‘lovlar Mijoz xohishiga ko‘ra bank kassasiga naqd va
naqdsiz ko‘rinishda oldindan to‘lanishi yoki bank karta hisobvarag‘iga dastlabki kelib tushgan pul mablag‘idan
bank tarifi bo‘yicha avtomatik tarzda undirib olinishi mumkin.
5.5. Bank tariflariga bank tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bank tariflariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar haqida Bank Mijozni, o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 10 kun oldin bankning korporativ
www.ipotekabank.uz veb saytida eʼlon joylashtirish va Mijozning SMS-banking tizimiga ulangan mobil ilovasi
telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborish orqali xabardor qiladi.
Mijozning Bankka bog‘liq bo‘lmagan (telefon raqamining ish faoliyatida emasligi va hokazo) sabablarga
ko‘ra bank tariflariga o‘zgartirishlar kiritilganligidan xabarsiz qolishi, bankka o‘zgargan tariflar bo‘yicha
xizmat haqi undirish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Mijozning o‘zgargan tariflar bo‘yicha bank xizmatlaridan
foydalaninishi Mijozning bank tariflariga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi ekanligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: