Ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 489,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix09.06.2023
ölçüsü489,27 Kb.
#127822
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
yangi taxrir oferta shartnoma

 
IX. FORS-MAJOR HOLATLAR 
9.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, 
agar ushbu vaziyat shartnoma tuzilgandan keyin, tomonlar oldindan ko‘ra olmagan, oqilona choralar bilan 
bartaraf etish mumkin bo‘lmagan favqulodda tusdagi hodisalar natijasida vujudga kelgan yengib bo‘lmaydigan 
kuch holatlarining oqibatlari hisoblansa javobgarlikdan ozod etiladi. 
9.2. Fors-major holatlariga tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari 
(zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, 
ommaviy tartibsizliklar, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli 
yuzaga kelgan sharoitlar kiradi. 
9.3. Fors-major holatlariga asoslanadigan tomon boshqa tomonni bunday holatlar boshlanganligi 
to‘g‘risida yozma ravishda zudlik bilan xabardor qilishi va bunday holatlarning boshlanishi faktini tasdiqlovchi 
tegishli organ tomonidan berilgan hujjatni taqdim etilishi lozim. Majburiyatni bajarishni imkoni 
bo‘lmaganligini isbotlash fors-major holatlari yuz berganligiga asoslanayotgan tomon zimmasiga yuklatiladi. 
9.4. Agar shartnomaning ushbu bo‘limida ko‘rsatilgan fors-major holatlari 3 oydan ko‘p vaqt davom 
etsa, u holda har qaysi tomon boshqa tomonni xabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda 
bekor qilish huquqiga ega. Bunda tomonlar belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning 
bajarilmay qolgan qismi bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitobni amalga oshirishlari shart. 
 
X. SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLARGA ISHLOV BERISH 
10.1. Qarz oluvchi ushbu shartnomani imzolash orqali Bankka qarz oluvchining shaxsiga oid 
maʼlumotlarga ishlov berishga o‘z roziligini beradi. 
10.2. Bank qarz oluvchining shaxsiga oid maʼlumotlariga quyidagi maqsadlarda ishlov beradi va ishlov 
berishi mumkin: 
- ushbu shartnoma bo‘yicha Bankning huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini ijro qilishda
- qarz oluvchi huquq va majburiyatlarini lozim darajada amalga oshirilishini taʼminlashda; 
- qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni to‘lov tizimlari, kredit byurosi, garov reyestri, skoring 
kompaniyasi, mobil aloqa operatori, sug‘urta kompaniyasi va zaruriyatga ko‘ra bank kartasi orqali to‘lovlarni 
amalga oshirish va Mijozga bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan 
almashishda; 
- muayyan bank xizmatining samaradorligini baholash uchun marketing izlanishlarini o‘tkazish, tahliliy 
yoki statistik maʼlumotlarni tayyorlash va umumlashtirishda



Yüklə 489,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin