(aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliqni hisobga olgan holda realizatsiya qilishdan olingan
daromad summasi sifatida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkni
realizatsiya qilishni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organ, tashkilot yoki yakka tartibdagi
tadbirkor soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan har bir operatsiyani
amalga oshirish
chogʻida soliq agentlari tomonidan alohida aniqlanadi.
(5-q.)
Ushbu moddaga muvofiq soliq agenti deb eʼtirof etiladigan shaxslar soliq toʻlovchidan
tegishli soliq summasini, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar,
hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va budjetga toʻlashi shart.
(6-q.)
Ushbu moddaga muvofiq soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov
hujjati xaridorga
toʻlangan soliq summasini ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: