A tashish hujjati b transport vositalar



Yüklə 18,15 Kb.
tarix03.12.2023
ölçüsü18,15 Kb.
#172121
ATAMA




a)tashish hujjati
b) transport vositalar

c) aralash tashishlar operatori 

d)transport infratuzilmasi obyektlari

e)tashish


f)tranzit transport yo‘lagi


j)transport


i)tashuvchi

k)tashishlar xavfsizligi 

m)mijoz 

n)aralash tashish
ATAMALARNI TO’G’RI TOPING
1) yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini butun harakatlanish yo‘li uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati bo‘yicha har xil turdagi transportda tashish;
2) tashishni tashkil etuvchi hamda tashish uchun o‘zi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaxslar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs
3) tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs (yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yuk oluvchi, fraxtlovchi);
4) yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashish;
5) texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash bo‘lib, bunda tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishining yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmaydi;
6) yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk xati, elektron axborot tashuvchi karta yoki boshqa axborot tashuvchi tarzidagi hujjat;
7) mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
8) transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘lib, unda tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish uchun tranzit transport yo‘lagining pasportida ko‘rsatilgan texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratiladi hamda bunday yuklar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalarini bajarishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi;
9)qatnov yo‘llarining, transport vositalarining, qatnov yo‘llaridagi texnik qurilmalar va inshootlarning yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish jarayonini ta’minlaydigan barcha turlari yig‘indisi;
10) yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar;
11)yo‘lovchilarga, yuk jo‘natuvchilarga, yuk oluvchilarga, tashuvchilarga va tashish jarayonining boshqa ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek transport vositalarining ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan inshootlar, ishlab chiqarish-texnologik majmualar;
Yüklə 18,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin