uning bir qismi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib
tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda
hisobdan chiqariladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(4-q.)
Nol darajali stavka boʻyicha tortiladigan tovarlar eksporti vositachilik,
topshiriq
shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirilgan taqdirda, soliq
vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta
tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan
xizmatlarni koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va Oʻzbekiston Respublikasining yuridik
shaxslari ushbu bobda belgilangan tartibda haqiqatda olingan tovarlar boʻyicha toʻlangan
(toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Bunda ushbu bobni
qoʻllash maqsadida bunday xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq
solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan oʻrnatiladigan
asbob-
uskunalar), nomoddiy aktivlar va koʻchmas mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan
obyektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun
moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan
soliq toʻlovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish toʻliq hajmda amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bunday tovarlarni olib kirish chogʻida ushbu
soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasini hisobga olish xuddi shunday tartibda amalga
oshiriladi.
(7-q.)
Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi
mol-mulkni ustav fondiga (ustav kapitaliga) berish chogʻida ishtirokchi tomonidan toʻlangan soliq
summasini hisobga olish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va koʻchmas mol-mulk obyektlari,
shu jumladan qurilishi
tugallanmagan obyektlar boʻyicha ishtirokchi ularni berish chogʻida toʻlagan soliq ushbu
moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda berilgan aktivlarni oluvchi soliq toʻlovchida
hisobga olinadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism)
(8-q.)
Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga
muvofiq maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish
bekor qilingan taqdirda soliq toʻlovchi maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyish (ozod qilishni
bekor qilish) sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq
muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning
birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega.
(OʻzR
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(9-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi:
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari boʻyicha - shaxs roʻyxatdan oʻtkazish
hisobiga
qoʻyilgan sanadan oldingi soʻnggi oʻn ikki oy ichida olingan, soliq toʻlovchida uni roʻyxatdan
oʻtkazish hisobiga qoʻyish (ozod etishni bekor qilish) sanasida mavjud boʻlgan tovar-moddiy
zaxiralar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan tovarlarning (xizmatlarning) haqiqiy qiymati boʻyicha;
uzoq muddatli aktivlar boʻyicha - mazkur obyektlarning shaxs soliq boʻyicha roʻyxatdan
oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan (ozod etish bekor qilingan) sanadagi qayta baholanishi hisobga
olinmagan, soliqning tegishli summasini oʻz ichiga olgan balans (qoldiq) qiymatidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
(10-q.)
Agar soliq toʻlovchi sifatida hisobda turmaydigan chet el yuridik shaxsi komitent
(ishonch bildiruvchi) boʻlsa, tovar tegishli vositachilik (topshiriq) shartnomasiga muvofiq shartlar
asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda,
ushbu tovar
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda toʻlangan soliq summasi tegishli soliq davrida
vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan
ulushda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadi.
(11-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan
komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra olingan tovar Oʻzbekiston
Respublikasi hududiga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan olib kirilgan taqdirda, import
qilingan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan
toʻlangan soliq komitentda (ishonch bildiruvchida) hisobga olinishi lozim.
(12-q.)
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish chogʻida
ekspeditor tomonidan tashuvchidan va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilardan olingan xizmatlarga
doir soliq summasi bunday shartnoma boʻyicha ekspeditorning mijozi boʻlgan tarafda hisobga
olinadi.
(13-q.)
Sotuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovchisi boʻlmagan
chet ellik shaxsga ushbu chet ellik shaxs tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasida tovarlarni
(xizmatlarni) olish chogʻida taqdim etilgan yoki ushbu chet ellik shaxslar tovarlarni ishlab
chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib
kirishi chogʻida ular tomonidan toʻlangan soliq summalari hisobga olinishi lozim. Soliqning
mazkur summalari ushbu Kodeksning 255-moddasiga muvofiq soliq agenti tomonidan ushbu chet
ellik shaxsning daromadlaridan ushlab qolingan soliq budjetga toʻlanganidan keyin, ushbu shaxs
olgan (olib kirgan) tovarlardan (xizmatlardan) faqat soliq agenti qiymatidan soliqni ushlab qolgan
tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadida foydalanilgan qismi
boʻyichagina hisobga olinishi yoki ushbu chet ellik shaxsga qaytarilishi lozim. Bunda soliqning
mazkur summalari, basharti chet ellik shaxs ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq soliq
toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan boʻlsa, hisobga olinishi yoki
ushbu shaxsga qaytarilishi lozim.
(14-q.)
Agar soliq toʻlovchi realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi lozim
boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi soliq solishdan
ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilsa, hisobga olinishi lozim boʻlgan soliq
summasi ushbu Kodeksning 268-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
(15-q.)
Agar hisobga olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish boʻyicha qalbaki yoki
koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud
boʻlsa, soliq organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli.
Dostları ilə paylaş: