Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq 
bazasini aniqlashning oʻziga 
xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ushbu modda maqsadlarida uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq toʻlovchining hisobot (soliq) 
davrida olgan daromadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) soliq toʻlovchi hisobot (soliq) davri mobaynida olishi kerak boʻlgan variatsiyaviy 
marjaning summasi; 
2) muddatli bitimlarning qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida olinishi kerak boʻlgan, shu 
jumladan asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar tartibidagi boshqa summalar. 
(2-q.)
Ushbu modda maqsadlari uchun soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davrida uyushgan 
bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalari boʻyicha amalga 
oshirilgan xarajatlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) variatsiyaviy marjaning hisobot (soliq) davrida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanishi lozim 
boʻlgan summasi; 
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir 
operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, 
shuningdek asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan bitimlar boʻyicha oʻtkaziladigan asos 
aktivning qiymati; 
3) uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir 
operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. 
(3-q.)
Ushbu modda maqsadlari uchun soliq toʻlovchining uyushgan bozorda muddatli 
bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot 
(soliq) davrida olingan daromadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya ishtirokchilaridan biri 
operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) davrida olishi lozim boʻlgan pul 
mablagʻlarining summalari; 
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida olinishi lozim boʻlgan, shu jumladan asos 
aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir 
operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar tartibida olinishi lozim boʻlgan boshqa summalar. 
(4-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar deb quyidagilar 
eʼtirof etiladi: 
1) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya ishtirokchilaridan biriga 
operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) davrida toʻlanishi lozim boʻlgan pul 
mablagʻlarining summalari; 
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, 
shuningdek asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi bitimlar boʻyicha beriladigan asos 
aktivning qiymati; 
3) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan 
bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.


(5-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi va uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi alohida hisoblab 
chiqariladi. 
(6-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi hisobot (soliq) davrida olinishi kerak boʻlgan barcha asos 
aktivlar bilan tuzilgan mazkur bitimlarga doir daromadlarning summalari va hisobot (soliq) 
yilidagi barcha asos aktivlar boʻyicha xarajatlarning summalari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Salbiy farq, tegishincha, shunday operatsiyalardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi.
(7-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
doir operatsiyalar boʻyicha zararlar ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan 
soliq bazasini kamaytirmaydi.
(8-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi barcha asos aktivlar bilan mazkur 
operatsiyalarga doir daromadlar va hisobot (soliq) davridagi barcha bazis aktivlar bilan mazkur 
operatsiyalarga doir xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Salbiy farq, tegishincha, bunday 
operatsiyalardan olingan zararlar deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq 
aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi. 
(10-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan 
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha keyingi soliq davrlarida 
yuzaga keladigan soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda kamaytirish jumlasiga 
kiritilishi mumkin. 
(11-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga 
nisbatan bitimning haqiqiy narxi, agar bitimning haqiqiy narxi bitimni tuzish sanasida savdo 
tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan mazkur vositaga doir tuzilgan bitimlarning eng yuqori 
va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda (narxlar oraligʻida) boʻlsa, soliq solish maqsadlarida bozor 
narxi deb eʼtirof etiladi. Agar ayni bir muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha bitimlar 
ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, muddatli bitimlarning 
ishtirokchisi narxlar oraligʻidan bitimning haqiqiy narxini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etish 
uchun foydalanadigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan savdo tashkilotchisini mustaqil ravishda tanlashga 
haqli. Savdo tashkilotchisida tegishli bitimni tuzish sanasidagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisidagi 
axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan maqsadlar uchun savdo tashkilotchisining oxirgi 
uch oy ichida boʻlib oʻtgan eng yaqin savdolar sanasidagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlardan foydalanadi. 
(12-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini 
realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi, agar ushbu narx mazkur muddatli bitimlar 
moliyaviy vositasining muddatli bitimni tuzish sanasidagi hisob-kitob qiymatidan oshish 
(pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq solish maqsadlari uchun bozor narxi deb 
eʼtirof etiladi.


(13-q.)
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalari tegishli turlarining hisob-kitob qiymatini 
aniqlash tartibi qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(14-q.)
Agar uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini 
realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi mazkur muddatli bitimlar moliyaviy 
vositasining hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq 
toʻlovchining daromadlari (xarajatlari) 20 foiz oshirilgan (kamaytirilgan) hisob-kitob qiymatidan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(15-q.)
Svop-kontraktdagi majburiyatlar (talablar) boʻyicha olingan daromadlar va koʻrilgan 
zararlar muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha tegishli soliq 
bazasini aniqlashda hisobga olinadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin