Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

388-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni 
hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi 
(1-q.)
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq 
davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari
hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
(2-q.)
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy maʼlumotlarini 
hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari maʼlumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan 
mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq toʻlovchini identifikatsiya qilish 
imkonini beradigan maʼlumotlar, soliq toʻlovchilarga toʻlanadigan daromad turlari va toʻlov 
manbaida unga qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, ularni toʻlash sanasi, soliq toʻlovchining maqomi, 
soliqni ushlab qolish va toʻlash sanasi koʻrsatilishi kerak.
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun Oʻzbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq 
bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Soliq agentlari soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 387-moddasida koʻrsatilgan 
daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart. 
(5-q.)
Soliqning hisoblangan summasini soliq toʻlovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq 
toʻlovchiga toʻlayotgan har qanday pul mablagʻlari hisobidan, bu pul mablagʻlari soliq toʻlovchiga 
yoki uning topshirigʻiga binoan uchinchi shaxslarga toʻlanayotganda amalga oshiriladi. 


(6-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu boʻlimda belgilangan soliq bazasi 
hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan 
eʼtiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq toʻlovchining ish joyi boʻyicha soliq agenti 
tomonidan amalga oshiriladi. 
(7-q.)
Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovgʻa, moddiy yordam 
va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish 
jismoniy shaxs yillik jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda soliq organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
(8-q.)
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi joriy 
yilda oʻziga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisidagi 
maʼlumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi 
hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, oʻqish) joyidan maʼlumotnoma 
taqdim etilmagan yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq 
ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan 
imtiyozlar qoʻllanilmagan holda ushlab qolinadi. Maʼlumotnoma va soliq toʻlovchining 
identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, oʻqish) 
joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi. 
(9-q.)
Yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil 
boshidan eʼtiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joylaridan olingan jami 
daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
(10-q.)
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan 
toʻlov amalga oshirilganda, bunday toʻlovlar ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining uchinchi 
xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanilmagan holda soliqqa 
tortiladi. 
(11-q.)
Jismoniy shaxslarning asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning 
yakuniy summasi jami yillik daromad toʻgʻrisida taqdim etilgan deklaratsiyaning maʼlumotlari 
boʻyicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin