Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

391-modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi 
(1-q.)
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti tomonidan 
soliq toʻlovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq toʻlovchining yozma 
arizasiga asosan qaytarilishi lozim. 
(2-q.)
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi 
qaytariladi.
(3-q.)
Soliq toʻlovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan 
bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq toʻlovchi boʻyicha ham, boshqa soliq 
toʻlovchilar boʻyicha ham kelgusi toʻlovlar hisobidan budjet tizimiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan 
ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq toʻlovchining tegishli arizasini olgan kundan 
eʼtiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti 
tomonidan soliq toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini 
oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq agenti boʻlmaganda yoxud ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan soliq 
davri tugaganda, soliq toʻlovchi soliq davrining yakuniga koʻra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning 
oʻzida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va budjet tizimiga 
oʻtkazilgan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisida soliq organiga ariza berishga haqli.
(6-q.)
Soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq toʻlovchi 
ushbu soliq davrida norezident maqomida toʻlagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va 
qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish soliq toʻlovchi ushbu 
Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda koʻrsatilgan soliq davri yakuniga koʻra soliq 
deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) boʻyicha hisobga qoʻyilgan soliq 
organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida Oʻzbekiston 
Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin