Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

57-BOB. JAMI YILLIK DAROMAD 
TOʻGʻRISIDAGI DEKLARATSIYA ASOSIDA 
DAROMADLARGA SOLIQ SOLISH 
393-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya 
asosida soliq solinadigan daromadlar 
394-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar tomonidan 
olingan daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
395-modda. Mualliflik haqi tarzida olingan daromadlarga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
396-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya 
397-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi 
deklaratsiyani taqdim etish tartibi 
398-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya 
boʻyicha soliq toʻlash tartibi 
399-modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi 
hududidan tashqarida toʻlangan soliqni hisobga olish 
400-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining 
daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
401-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab 
qolingan soliqni qaytarish tartibi 
393-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi 
deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar 
(1-q.)
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga Oʻzbekiston Respublikasi 
rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi: 
mulkiy daromadlar, agar ushbu boʻlimga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq 
solinmasa; 
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun 
mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan 
boʻlsa; 
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar; 


soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar; 
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan 
olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq 
toʻlash tartibi tanlanganda
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar. 
(2-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya, agar soliq toʻlovchining asosiy 
boʻlmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi boʻyicha ushlab qolingan boʻlsa 
taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan 
daromadlar mustasno. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yoki joriy yilning 1-apreligacha 
rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining 
qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va 
muddatlarda jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin