Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

396-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya 
(1-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya soliq toʻlovchining olingan yillik 
daromadi toʻgʻrisidagi yozma arizasidan iborat boʻladi. 
(2-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga toʻlangan daromadlar va ushlab 
qolingan soliq summalari toʻgʻrisida soliq agentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 
tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomasi ilova qilinadi. 
(3-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan 
holda tasdiqlanadi. 
(4-q.)
Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchi taqdim etgan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi 
deklaratsiyada toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar 
aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada 
aniqlangan xatolar toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga bildirish xati yuboradi. 
(5-q.)
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq toʻlovchi oʻn kun ichida jami yillik 
daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga zarur boʻlgan oʻzgartirishlarni kiritishi shart. 
(6-q.)
Agar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza 
soliqni toʻlash muddati oʻtguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksda belgilangan 
javobgarlikdan ozod etiladi. 
(7-q.)
Agar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza 
soliqni toʻlash muddati oʻtganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar 
berilsa, soliq toʻlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʻlagan 
taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi 
deklaratsiyada aniqlangan xato toʻgʻrisidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato 
aniqlangan kun, deb hisoblanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin