(11-q.)
Agar soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan
boʻlsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan va (yoki)
soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning oʻzgarganligi
haqidagi arizani ushbu Kodeks 396-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim
etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va
toʻlanishi lozim boʻlgan, hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga oʻn kunlik
muddatda toʻlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi
toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning
yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: