gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)
Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past
boʻlsa, soliq toʻlovchi koʻchmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga
haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda
oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
(OʻzR 26.07.2022-y.
OʻRQ-785-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk obyektlari
qonunchilikda belgilanadi;
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
xatboshi)
2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar
boʻyicha - tugallanmagan qurilishning oʻrtacha yillik qiymati;
3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar boʻyicha
- mazkur obyektlarning oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha).
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan
soliq bazasi ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymatidir.
Dostları ilə paylaş: