61-bob. Yuridik
shaxslardan olinadigan
yer soligʻi (424 - 432-moddalar)
62-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan
yer soligʻi (433 - 440-moddalar)
61-BOB. YURIDIK SHAXSLARDAN
OLINADIGAN YER SOLIGʻI
424-modda. Umumiy qoidalar
425-modda. Soliq toʻlovchilar
426-modda.
Soliq solish obyekti
427-modda. Soliq bazasi
428-modda.
Soliq imtiyozlari
429-modda. Soliq stavkalari
430-modda.
Soliq davri
431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va
soliq hisobotini taqdim
etish tartibi
432-modda. Soliqni toʻlash tartibi
424-modda. Umumiy qoidalar
(1-q.)
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga toʻlovlar yer soligʻi yoki yer
uchun ijara toʻlovi tarzda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi
asosida
berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer
uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini
toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq
hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
(OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son
Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida
foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlaydi.
425-modda. Soliq toʻlovchilar
(1-q.)
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga
ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik
shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar
deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb eʼtirof
etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan
(olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb
eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir
yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun soliq toʻlovchi
deb eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: