Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa
vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy
xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi.
Tegishincha sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya
qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoxud frontda boʻlish bilan
bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq
imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan
taqdirda beriladi;
(OʻzR 29.10.2021-y. OʻRQ-726-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari
oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.
Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari
tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida taqdim etiladi;
5) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim
bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-
joy uchun ular yigirma uch yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-
son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
(2-q.)
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr
doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi
asosida beriladi;
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
(3-q.)
Ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq
imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan
yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
(4-q.)
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta
yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu modda
birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar mustasno.
Dostları ilə paylaş: