Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 
(1-q.) 
Soliq solish obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (oʻrtacha yillik qiymat) soliq 
davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga koʻra soliq solish obyektlarining qoldiq 
qiymatlarini (oʻrtacha yillik qiymatlarini) qoʻshishdan olingan summaning oʻn ikkidan bir qismi 
sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha soliq 
bazasi mazkur obyektlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan qiymat 
asosida aniqlanadi.
(3-q.)
Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti boʻyicha alohida aniqlanadi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga 
oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini 
alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni boʻlmasa, 
soliq bazasi soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof 
tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi. 
414-modda. Soliq imtiyozlari 
(1-q.) 
Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning oʻrtacha yillik qoldiq 
qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: 
1) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan 
sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlarining; 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
2) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti 
yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkning; 
3) yangi neft va gaz quduqlarining - ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil 
muddatga. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 


(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz 
quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil 
davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi uchinchi qism deb 
hisoblansin 
(3-q.)
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
1) yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va 
xodimlarining umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan 
hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash 
umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar
2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan 
ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab 
chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga; 
3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) 
antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas 
qismi boʻlgan konstruksiyalar. 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan 
band) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin