4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun
koʻrsatilgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari, koʻchmas mulk obyekti foydalanishga
topshirilgandan keyin olti oy oʻtgach.
(3-q.)
Quyidagi koʻchmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida
foydalaniladigan obyektlar;
2) uy-joy-kommunal xoʻjaligining va belgilangan maqsadi boʻyicha foydalaniladigan
boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari. Uy-joy-kommunal hamda
boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari jumlasiga shaharlar va
shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish
obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish
va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar hamda
issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal
xoʻjaligi obyektlariga texnik jihatdan xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, boshqaruvchi
tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni
boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer
uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan binolar kiradi;
(OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari;
4) sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan,
fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar;
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yongʻin xavfsizligi uchun
foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari
va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yongʻin xavfsizligi organining maʼlumotnomasi asosida
amalga oshiriladi;
7) yer uchastkalari.
Dostları ilə paylaş: