solinadigan soliq (410 - 417-moddalar)
60-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan
mol-mulk soligʻi (418 - 423-moddalar)
59-BOB. YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA
SOLINADIGAN SOLIQ
410-modda. Soliq toʻlovchilar
411-modda. Soliq solish obyekti
412-modda. Soliq bazasi
413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
414-modda. Soliq imtiyozlari
415-modda. Soliq stavkalari
416-modda. Soliq davri
417-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq
hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
410-modda. Soliq toʻlovchilar
(1-q.)
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq toʻlovchilari (bundan
buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq
solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston
Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.
(2-q.)
Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa,
ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq toʻlovchi hisoblanadi.
(3-q.)
Agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham
soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: