(2-q.)
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni boʻyicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim
etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
400-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining
daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning
daromadlariga soliq solish toʻlov manbaida toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining
ichkarisida
yoki tashqarisida qilinganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning
daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq
solinadi, bundan soliqni undirish oʻzarolik prinsipi boʻyicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin
boʻlgan hollar mustasno.
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy
shaxsga daromadlarni
toʻlash toʻlov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning 6-moddasiga muvofiq
ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar boʻyicha soliqlarni
toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga
muvofiq pasaytirilgan
stavkani qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
(4-q.)
Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro
shartnomasining qoidalari gʻayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga
yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Kodeksning ushbu boʻlimiga muvofiq
soliq agenti deb eʼtirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan
bogʻliq penya summasini qonunchilikka muvofiq budjetga kiritilishi shart.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan
soliq summasi undan
ushlanmasdan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanganda, soliq agentining soliqni toʻlov manbaidan
ushlab qolish va koʻchirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: