Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

406-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
(1-q.)
Kalendar yil soliq davridir. 
(2-q.)
Yil oyi hisobot davridir. 
407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 


(1-q.)
Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda 
hisoblab chiqariladi. 
(2-q.)
Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan 
toʻlanadi. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari 
xodimlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 
xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan 
shaxslar boʻyicha soliqni toʻlash majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 
zimmasiga yuklatiladi.
(4-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq 
organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari boʻyicha esa -keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(5-q.)
Soliqni toʻlash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay 
amalga oshiriladi. 
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar 
tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va 
toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar: 
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir 
baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; 
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar 
tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) - oyiga 
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga 
oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan: 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi tomonidan - oyiga bazaviy 
hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda; 
oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) - 
oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq 4) band chiqarib tashlangan 
4) qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan "Hunarmand" 
uyushmasi aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari tomonidan oʻz faoliyatining 
dastlabki ikki yilida - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda 
toʻlanadi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Mehnat staji hisoblanishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, mehnat shartnomasi 
asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi 
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo 
uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda 


ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek ishlamaydigan eri (xotini) uchun 
soliq toʻlovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash 
miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda, quyidagi soliq toʻlovchilar 
tomonidan esa majburiy tartibda toʻlanadi: 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
"Hunarmand" uyushmasining aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari; 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilari 
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin 
"Usta-shogird" maktablari oʻquvchilari - ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan 
davrda;
dehqon xoʻjaliklari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, 
tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam 
boʻlmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari 
soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy 
asosda toʻlaydi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan 
"Hunarmand" uyushmasining aʼzolari soliq toʻlashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va 
ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan qolgan shaxslar, 
shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan 
eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya 
guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. 
Imtiyozlarga boʻlgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, 
soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan eʼtiboran 
amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: 
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan - har oyda tadbirkorlik 
faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay; 
ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan - hisobot yilining 1-
dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori toʻlov kunida belgilangan bazaviy 
hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(5-q.)
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan 
soliqni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi 
oydan eʼtiboran amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Soliqni toʻlash majburiyati:
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga 
oshirayotgan oila aʼzolari uchun - oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining; 
yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun - ushbu xodimlar bilan mehnat 
shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi. 
(7-q.)
Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, 
otasining ismi, identifikatsiya raqami va toʻlov kiritilayotgan davr koʻrsatilishi shart. Bunda oila 


aʼzolari - oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila aʼzosi uchun va yakka tartibdagi 
tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov 
topshiriqnomasida (kirim orderida) davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy 
(dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun - yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi. 
(8-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida 
soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga 
oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi. 
(9-q.)
Soliq organlari tomonidan olingan, har bir yollangan xodim uchun belgilangan 
tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga 
oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga soliqni hisoblashni 
toʻxtatib turish uchun asos boʻladi. 
(10-q.)
Agar faoliyatini toʻxtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi 
tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan 
muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha soliqni hisoblash 
toʻxtatilmaydi. 
(11-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliqni ushbu 
Kodeksning 405-moddasida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisida 
deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib 
chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda, 
soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim 
etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida toʻlashga haqli. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan 
soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi - beshinchi qismlariga muvofiq toʻlangan 
summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin