(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz
quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati
tugagandan keyin uch yil
davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi uchinchi qism deb
hisoblansin
(3-q.)
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
1) yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va
xodimlarining umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan
hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash
umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil
etadigan yuridik shaxslar;
2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan
ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab
chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga;
3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno)
antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas
qismi boʻlgan konstruksiyalar.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
band)
Dostları ilə paylaş: