415-modda. Soliq stavkalari (1-q.)
Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 1,5
foiz miqdorida belgilanadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz
miqdorida belgilanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi
tahririga qarang)
Ikkinchi qism qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq uchinchi qism chiqarib tashlangan
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi
(3-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun
moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan
qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi
mumkin hamda ushbu Kodeksning 414-moddasida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq
etilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb
hisoblansin
(3-q.)
Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,6 foiz miqdorida belgilanadi:
(OʻzR
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish
liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar;
2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari.