Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

412-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Quyidagilar soliq bazasidir: 
1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan 
obyektlar boʻyicha - oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. 
Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati 
bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab 
chiqilgan amortizatsiya miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi uchinchi-oltinchi 
xatboshilari bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang) 
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-
bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun 
mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas: 
Toshkent shahrida - ikki million besh yuz ming soʻm; 
Nukus shahrida va viloyat markazlarida - bir million besh yuz ming soʻm; 
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - bir million soʻm. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari 
ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 


gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 
Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past 
boʻlsa, soliq toʻlovchi koʻchmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga 
haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda 
oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 26.07.2022-y. 
OʻRQ-785-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk obyektlari 
qonunchilikda belgilanadi; 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan 
xatboshi) 
2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar 
boʻyicha - tugallanmagan qurilishning oʻrtacha yillik qiymati; 
3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar boʻyicha 
- mazkur obyektlarning oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha). 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan 
soliq bazasi ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymatidir. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin