soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar;
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan
olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq
toʻlash
tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
(2-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya, agar soliq toʻlovchining asosiy
boʻlmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi boʻyicha ushlab qolingan boʻlsa
taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan
daromadlar mustasno.
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yoki joriy yilning 1-apreligacha
rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi
va ikkinchi qismlarining
qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: