396-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya (1-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya soliq toʻlovchining olingan yillik
daromadi toʻgʻrisidagi yozma arizasidan iborat boʻladi.
(2-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga toʻlangan daromadlar va ushlab
qolingan soliq summalari toʻgʻrisida soliq agentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda
tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
(3-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan
holda tasdiqlanadi.
(4-q.)
Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchi taqdim etgan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi
deklaratsiyada toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar
aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada
aniqlangan xatolar toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga bildirish xati yuboradi.
(5-q.)
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq toʻlovchi oʻn kun ichida jami yillik
daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga zarur boʻlgan oʻzgartirishlarni kiritishi shart.
(6-q.)
Agar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza
soliqni toʻlash muddati oʻtguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksda belgilangan
javobgarlikdan ozod etiladi.
(7-q.)
Agar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza
soliqni toʻlash muddati oʻtganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar
berilsa, soliq toʻlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʻlagan
taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi
deklaratsiyada aniqlangan xato toʻgʻrisidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato
aniqlangan kun, deb hisoblanadi.