Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

394-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar 
tomonidan olingan daromadlarga soliq 
solishning oʻziga xos xususiyatlari 
Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami yillik daromad 
toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan soliq toʻlovchilar daromadlarni olish bilan 
bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan 
xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Bunda soliq toʻlovchilarning ushbu 
Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami daromadi tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilinishidan olingan daromadlardan, shuningdek ushbu Kodeksning 370-moddasida 
koʻrsatilgan boshqa daromadlardan iborat.
395-modda. Mualliflik haqi tarzida olingan 
daromadlarga soliq solishning oʻziga 
xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun 
mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi 
tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirish huquqiga ega. 
(2-q.)
Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga soliq solinadigan soliq toʻlovchilar soliqni 
soliq organining yozma xabarnomasi asosida toʻlaydi. 
(3-q.)
Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun 
mualliflik haqi olayotgan soliq toʻlovchi daromadlar olish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar 
hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, haqiqatda 
sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin 
chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak. 
(4-q.)
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur 
materiallar sotib olishga doir xarajatlar; 


faqat ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan 
boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir 
xarajatlar. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin