Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

389-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari 
(1-q.)
Soliq agentlari oʻzlarining soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga 
quyidagilarni taqdim etishi shart: 
1) soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida - soliq organlariga toʻlov manbaidan soliq 
solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnomani; 
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari boʻyicha esa - keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan, xodimlari 25 nafardan ortiq 
boʻlgan alohida boʻlinmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, ushbu alohida boʻlinmalar 
va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq 
hisobotini - alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim 
etadi. 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 


(3-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan soliq agentlari, agar ushbu Kodeksning 57-bobida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzlarining yollanma xodimlariga oid mazkur 
moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini oʻzi soliq boʻyicha hisobda turgan 
joydagi soliq organiga taqdim etadi.
390-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Toʻlov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga daromadlarni 
toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq 
agenti tomonidan toʻlanadi. 
(2-q.)
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi toʻlov amalga 
oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida toʻlanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin