391-modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi (1-q.)
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti tomonidan
soliq toʻlovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq toʻlovchining yozma
arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
(2-q.)
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi
qaytariladi.
(3-q.)
Soliq toʻlovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan
bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq toʻlovchi boʻyicha ham, boshqa soliq
toʻlovchilar boʻyicha ham kelgusi toʻlovlar hisobidan budjet tizimiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan
ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq toʻlovchining tegishli arizasini olgan kundan
eʼtiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti
tomonidan soliq toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini
oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
(5-q.)
Soliq agenti boʻlmaganda yoxud ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan soliq
davri tugaganda, soliq toʻlovchi soliq davrining yakuniga koʻra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning
oʻzida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va budjet tizimiga
oʻtkazilgan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisida soliq organiga ariza berishga haqli.
(6-q.)
Soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq toʻlovchi
ushbu soliq davrida norezident maqomida toʻlagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va
qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish soliq toʻlovchi ushbu
Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda koʻrsatilgan soliq davri yakuniga koʻra soliq
deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) boʻyicha hisobga qoʻyilgan soliq
organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida Oʻzbekiston
Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.