Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

384-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
(1-q.)
Kalendar yil soliq davridir. 
(2-q.)
Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
56-BOB. SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH
SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH 
VA TOʻLASH TARTIBI 
385-modda. Umumiy qoidalar 
386-modda. Soliq agentlarining majburiyati va javobgarligi 
387-modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar 
388-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab 
chiqarish va ushlab qolish tartibi 
389-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari 
390-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
391-modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi 
392-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashning xususiyatlari 
385-modda. Umumiy qoidalar 
(1-q.)
Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlanadi: 
1) soliq toʻlovchiga daromad toʻlaydigan soliq agentlari tomonidan; 
2) soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning alohida toifalari soliqni: 
ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda qatʼiy belgilangan miqdorda 
toʻlashni; 
ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi 
deklaratsiya asosida toʻlashni tanlashga haqli. 
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga 
tatbiq etiladi: 
1) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida yuz million soʻmdan 
oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar) 
realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan tartibda aylanmadan soliq yoxud qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda 
soligʻi toʻlashga oʻtadi.


OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
Qonuniga 
muvofiq 2) band chiqarib tashlangan 
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslarga;
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga 
oshirayotgan oila aʼzolariga; 
4) "Hunarmand" uyushmasi aʼzolari boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga. 
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq toʻlash 
tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli: 
1) tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi chogʻida tanlangan soliq toʻlash 
tartibini koʻrsatish; 
2) doimiy yashash joyi boʻyicha soliq organlariga joriy yilning 25-yanvaridan 
kechiktirmasdan tanlangan soliq toʻlash tartibi toʻgʻrisida bildirish xati taqdim etish. 
(5-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchi tomonidan bildirish 
xati ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning soliqni 
qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlashga roziligini bildiradi.
(6-q.)
Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab 
chiqarilishi mumkin. 
(7-q.)
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan 
jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan 
majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(8-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan 
mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan 
hisoblab chiqariladi va toʻlov manbaida ushlab qolinadi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin