55-BOB. SOLIQ STAVKALARI. SOLIQ DAVRI 381-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan
jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari
382-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari
boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari
383-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
384-modda. Soliq davri. Hisobot davri
381-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari (1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar
ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 12 foizlik soliq
stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
(2-q.)
Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq
solinadi.
382-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning Oʻzbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar boʻyicha soliq
solinadi:
N Soliq obyekti Soliq stavkalari, foizlarda
1
Dividendlar va foizlar
10
2
Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport
xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan
daromadlar).
6
3
Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi
shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda koʻrsatilmagan
boshqa daromadlar
12
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
383-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi modda)
(Oldingi tahririga qarang)
(1-q.)
Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq
stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi: