Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

377-modda. Boshqa daromadlar 
Soliq toʻlovchining boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi: 
1) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari 
tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
2) hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlarni va 
boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda 
sotishdan, ipak qurtini, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta 
ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar
3) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-
mulkning, mulkiy huquqlarning qiymati
4) musobaqalarda, koʻriklarda, tanlovlarda sovrinli oʻrinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul 
mukofotlari; 
5) yutuqlar; 
6) grant beruvchidan olingan grantlarning, shu jumladan chet davlatlar grantlarining 
summalari;


7) soliq toʻlovchilarning yaratilgan ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun 
olgan daromadlari
8) xalqaro sport musobaqalaridagi sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan 
bir yoʻla beriladigan pul mukofoti; 
9) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda mehnat 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
10) quyidagicha koʻrsatiladigan moddiy yordam: 
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan 
xodimga koʻrsatiladigan; 
xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha tarzda 
shikast yetganligi bilan bogʻliq holda koʻrsatiladigan; 
bola tugʻilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan 
koʻrsatiladigan;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzida 
koʻrsatiladigan moddiy yordam;
11) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar; 
12) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pullik toʻlovlar; 
13) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatish 
kiritish tufayli olingan daromad
14) ushbu Kodeksning 300-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan talab qilish 
huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad; 
15) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 371-376-moddalarida koʻrsatilmagan boshqa 
daromadlari. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin