Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

398-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi 
deklaratsiya boʻyicha soliq toʻlash tartibi 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad 
toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning maʼlumotlariga koʻra hisoblab chiqarilgan soliqni oʻtgan soliq 
davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay toʻlaydi. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar hisoblab 
chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvaragʻidan chet el valyutasida toʻlashi 
mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki 
tomonidan belgilangan soliq toʻlangan sanadagi kurs boʻyicha chet el valyutasida qayta hisoblab 
chiqariladi. 
(3-q.)
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar, shuningdek ushbu 
Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi 
deklaratsiya asosida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya 
yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning oʻn beshinchi 
kunigacha har oyda toʻlaydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad 
boʻyicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida toʻlangan summalar oʻrtasidagi farq 
kelgusi yilning 1-iyunidan kechiktirmay soliq toʻlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi 
lozim. 
(4-q.)
Quyidagilar soliq toʻlangan sana deb hisoblanadi: 
soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvaragʻidan toʻlangan 
taqdirda - bankdagi hisobvaragʻidan mablagʻlar hisobdan chiqarilgan kun; 
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablagʻlari kiritilgan taqdirda - bank kassasiga 
mablagʻlar toʻlangan sana. 
(5-q.)
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni toʻlash toʻlov 
xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin