Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

50-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun shartnoma tomonlari huquq va 
majburiyatlarining asos aktivlarga nisbatan taqsimlanishi boʻyicha va tomonlar majburiyatlarining 
bajarilishiga toʻgʻri keladigan sana koʻrsatilgan shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositasi deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga va (yoki) chet davlatlarning 
qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq shartnoma talablari boʻyicha sud himoyasi 
lozim boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun oʻsha shartnoma muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositasi deb eʼtirof etilmaydi. Mazkur shartnoma tufayli koʻrilgan zararlar soliq solishda 
hisobga olinmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi deganda muddatli bitimning 
predmeti tushuniladi. 
(4-q.)
Asos aktiv sifatida, jumladan chet el valyutasi, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-
mulk, foiz stavkalari, kredit resurslari, narx yoki foiz stavkalarining indekslari, muddatli 
bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari ishtirok etishi mumkin. 
(5-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning ishtirokchilari deganda 
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va 
jismoniy shaxslar tushuniladi. 
(6-q.)
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini asos aktivlarni yetkazib berish yoʻli 
bilan, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha uzil-kesil oʻzaro hisob-kitobni amalga 
oshirish yoʻli bilan yoxud muddatli bitimning moliyaviy vositasi bilan ilgari amalga oshirilgan 
operatsiyaga muddatli bitim ishtirokchisi tomonidan qarama-qarshi operatsiyani amalga oshirish 
yoʻli bilan bajarish muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha 
huquqlar va majburiyatlarning bajarilishi deb eʼtirof etiladi. 
(7-q.)
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir, asos aktivni xarid qilishga 
qaratilgan operatsiyalar uchun qarama-qarshi yoʻnalishdagi operatsiya deb - asos aktivni sotishga 
qaratilgan operatsiya, asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya uchun esa - asos aktivni xarid 
qilishga qaratilgan operatsiya eʼtirof etiladi. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchi asos aktivni yetkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi bitimni 
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya deb yoki ijroni kechiktirgan holda 
bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim deb eʼtirof etib, ushbu bitimni mustaqil ravishda, 
ushbu moddaning talablarini inobatga olgan holda tavsiflashga haqli. 
(9-q.)
Bitimning predmetini yetkazib berishni (bundan xedjirlash operatsiyalari mustasno) 
nazarda tutuvchi bitimlarni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar 


toifasiga kiritish mezonlari soliq toʻlovchi tomonidan hisob siyosatida soliq solish maqsadlari 
uchun aniqlanishi kerak. 
(10-q.)
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha huquq va 
majburiyatlarning ijro etilish sanasi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir 
operatsiyaning tugallanish sanasidir. 
(11-q.)
Muddatli bitimning moliyaviy vositasi boʻyicha majburiyatlar quyidagi hollarda uni 
qayta tavsiflamagan holda tugatilishi mumkin: 
1) bir turdagi talablar va majburiyatlarni hisobga oʻtkazgan holda (oʻzaro hisobga oʻtkazgan 
holda); 
2) shartnomalarning namunaviy shartlariga muvofiq boʻlgan bosh kelishuvda belgilangan 
tartibda, agar bunday tugatishda netto-majburiyatning summasini belgilash nazarda tutilgan 
boʻlsa; 
3) tashkil etilgan savdolarning qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan 
shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablarni hisobga oʻtkazgan holda, agar bunday 
hisobga oʻtkazish netto-majburiyatning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa. 
(12-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir emitentning bir turdagi, bir toifadagi 
(xildagi) yoki bitta pay investitsiya fondining (pay investitsiya fondlarining investitsiya paylari 
uchun) bir xil hajmdagi huquqlarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlarini yetkazib berishga doir 
talablar, shuningdek pul mablagʻlarini ayni shu valyutada toʻlashga doir talablar bir turdagi 
talablar deb eʼtirof etiladi. 
(13-q.)
Ijro etishni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida 
tavsiflangan bitimlarga soliq solish bunday bitimlarning tegishli asos aktivlari uchun ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
(14-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari 
uyushgan bozorda muomalada boʻlgan bitimlarning moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning 
muomaladagi moliyaviy vositalariga) va muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada 
boʻlmagan moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy 
vositalariga) boʻlinadi. 
(15-q.)
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida 
rioya etilgan taqdirda uyushgan bozorda muomalada deb eʼtirof etiladi: 
1) bitimlarni tuzish, ularning muomalada boʻlishi va bajarilishi tartibi Oʻzbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa 
ega boʻlgan savdolarning tashkilotchisi tomonidan belgilansa; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi band) 
2) muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy 
axborot vositalarida eʼlon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs 
tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir 
operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan keyin uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa. 
(16-q.)
Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlarida asos aktivni yetkazib 
berish nazarda tutilgan boʻlsa, bitim muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida faqat, 
basharti asos aktivni yetkazib berish bunday bitimning shartlariga muvofiq bitim tuzilgan kundan 
keyin kamida uchinchi kundan soʻng amalga oshirilsa, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi 
sifatida tavsiflanishi mumkin. 


(17-q.)
Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda 
tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin. 
(18-q.)
Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi boshqa 
moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish yetkazib berishga oid muddatli bitimlar deb 
eʼtirof etiladi. 
(19-q.)
Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan 
moliyaviy vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-kitobli muddatli bitimlar deb eʼtirof 
etiladi. 
(20-q.)
Yetkazib berishga oid muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan 
holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar majburiyatlar 
lozim darajada ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan taqdirda hisob-kitobli muddatli 
bitimlar sifatida qayta tavsiflanmaydi. 
(21-q.)
Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti 
tomonidan hisoblab chiqiladigan hamda savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari 
tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan 
toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi tushuniladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin