(1-q.)
Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat
bahosiga ega boʻlgan va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan har qanday predmeti tovar deb
eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Tovarlar deb, xususan,
elektr energiyasi, maʼlumotlar bazasi, axborot, intellektual
faoliyat natijalari, shu jumladan ularga boʻlgan mutlaq huquqlar eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Nomoddiy xususiyatga ega boʻlgan, pulda ifodalangan
bahoga ega mol-mulkka
qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bogʻliq boʻlmagan holda muomalada
boʻlishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi
hujjatda koʻrsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf
etish huquqiga ega boʻlgan, oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazish obyekti
boʻlishi mumkin boʻlgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb
eʼtirof etiladi.
(5-q.)
Mulkiy huquqlar
jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga
talab qoʻyish huquqi, xoʻjalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi,
qimmatli qogʻozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga
boʻlgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bogʻliq, sotilishi yoki
oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazilishi mumkin boʻlgan boshqa turlari.
(6-q.)
Ashyoning oʻzini oʻtkazmay turib, mustaqil muomalada boʻlishi mumkin boʻlmagan
ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi.
(7-q.)
Bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga
boshqa mol-mulk kiritilishi
mumkin.
(8-q.)
Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy
yoki nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa
shaxslar uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi doirasidagi
faoliyati xizmatlar jumlasiga kirmaydi.
(10-q.)
Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq solish
maqsadida aynan oʻxshash tovarlar (xizmatlar) deb eʼtirof etiladi.
(11-q.)
Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi
koʻrinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin.
(12-q.)
Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda
ularning fizik xususiyatlari, sifati,
moʻljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi,
uning bozordagi
ishbilarmonlik obroʻsi hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi.
(13-q.)
Xizmatlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bajaruvchining (pudratchining)
xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga
olinadi.
(14-q.)
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan hamda ayni bir
vazifani bajarish imkoniyatini beradigan oʻxshash tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan va (yoki)
tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun
bir turdagi tovarlar deb eʼtirof etiladi.
(15-q.)
Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda,
ularning sifati, bozordagi mavqei, tovar
belgisi, kelib chiqqan mamlakati hisobga olinadi.
(16-q.)
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki)
bajaradigan vazifasi
jihatidan bir-birining oʻrnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar bir
turdagi xizmatlar deb eʼtirof etiladi.
(17-q.)
Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi
mavqei, shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa olishi
hisobga olinadi.
(18-q.)
Tovarlarning muomalada boʻlish sohasi tovarlar bozori deb eʼtirof etiladi, bu soha
xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning
hududidan tashqarida uncha koʻp boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish)
imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: