(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish
ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish
ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida koʻrsatilgan
shaxslar bilan
birgalikda hisobga olinadi.
(4-q.)
Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan oʻtgan
va (yoki) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari roʻyxatiga
kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlar (depozitar qaydlar) emitenti boʻlgan
bir yoki bir nechta Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita
ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan boʻlsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi -
oʻn ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el
kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etilmaydi.
Bunda chet el moliyaviy
vositachilari deganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish
boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan chet el fond birjalari va
chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi.
(5-q.)
Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada
ushbu moddaning
birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya
ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-
bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirsa, oʻsha shaxs ham chet
el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb eʼtirof etiladi.
(6-q.)
Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish
imkoniyati ushbu
Kodeksning maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb eʼtirof etiladi.
Bunda shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok
etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti
boʻlsa, oʻsha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya
va (yoki) oʻzga shaxslar oʻrtasidagi boshqa oʻziga xos munosabatlar tufayli taʼsir etishi yoki taʼsir
etish imkoniyati hisobga olinadi.
(7-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining aktivlarini boshqaruvchi shaxs
tomonidan ushbu tuzilma olgan foydani (daromadni) jismoniy shaxs qaysi davlatning (hududning)
fuqarosi boʻlsa yoki yuridik shaxs qaysi davlatda (hududda) tashkil etilgan boʻlsa, oʻsha davlatning
(hududning) qonunchiligiga va mazkur yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq taqsimlashga
nisbatan qabul qilinadigan qarorga taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu
Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el
tuzilmasi ustidan nazoratni
amalga oshirish deb eʼtirof etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(8-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning
maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi
deb ushbu tuzilmaning muassisi (asoschisi) eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Agar ushbu moddaning oʻn birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
boʻlsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga)
nisbatan bir vaqtning oʻzida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi)
mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilmaydi:
1) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) bevosita yoki bilvosita toʻliq yoki
qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli boʻlmasa;
2) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf
etishga haqli boʻlmasa;
3) bunday shaxs bu tuzilmaga berilgan mol-mulkka boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qolmagan
boʻlsa (mol-mulk bu tuzilmaga qaytarmaslik shartlari asosida berilgan boʻlsa);
4) bunday shaxs bu tuzilma ustidan ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq nazoratni
amalga oshirmasa.
(10-q.)
Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu
tuzilmaning aktivlarini oʻz mulkiga oʻtkazish huquqiga ega boʻlmasa, ushbu moddaning
toʻqqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu
tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud boʻlish davri mobaynida, shuningdek u
tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, toʻliq yoki qisman mulkka oʻtkazishga
doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonunchiligi va (yoki)
tuzilmaning taʼsis hujjatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
(11-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning
toʻqqizinchi qismi 1-3-bandlarida koʻrsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini oʻzida
saqlab qolgan boʻlsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi
deb eʼtirof etiladi.
(12-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining taʼsis etuvchisi (asoschisi)
hisoblanmaydigan oʻzga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa
va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks
maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi:
1) bunday shaxs ushbu tuzilma tomonidan olinadigan daromadga (uning bir qismiga)
nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlsa;
2) bunday shaxs ushbu tuzilmaning mol-mulkini tasarruf etishga haqli boʻlsa;
3) bunday shaxs ushbu tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda
uning mol-mulkini olishga haqli boʻlsa.
(13-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti oʻzini
mustaqil ravishda ushbu
moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, chet el
kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning toʻqqizinchi yoki oʻn
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el
tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etishga haqli. Bunday hollarda, oʻzini
nazorat
qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan shaxs oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi.
(14-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini
eʼtirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat
qiluvchi shaxslar uchun ular taʼsis etilgan yoki fuqarosi boʻlgan chet davlatning (hududning)
qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha shaxslarga
nisbatan ham qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: