(16-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning 130-
moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi shart.
(17-q.)
Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan
ikki va undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi boʻyicha roʻyxatdan
oʻtkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish
maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
(18-q.)
Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi
qismlarida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaga
ega boʻlsa va ushbu doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday
yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur
faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan
doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi.
(19-q.)
Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati koʻchma xususiyatga ega boʻlsa (yoʻl
qurilishi, foydali qazilmalarni qidirish va koʻchma xususiyatga ega boʻlgan boshqa faoliyat
turlari), bu holda butun loyihaga, uning koʻchma xususiyatidan qatʼi nazar, doimiy muassasa
sifatida qaraladi.
(20-q.)
Agar doimiy muassasa Oʻzbekiston Respublikasining Yagona soliq toʻlovchilar
reestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi oʻn ikki oylik davr ichida ushbu moddaning
ikkinchi yoki uchinchi qismlarida koʻrsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil
etgan deb eʼtirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchi sifatida
roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: