Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Bojxona organlarining, yigʻimlarni undirishga doir



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

28-modda. Bojxona organlarining, yigʻimlarni undirishga doir 
vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining 


hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari 
(1-q.)
Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston 
Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish chogʻida bojxona toʻgʻrisidagi 
qonunchilikka, ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va 
yigʻimlarni undirish boʻyicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va 
tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari 
bilan tartibga solinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
29-modda. Soliq siri 
(1-q.)
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq 
sirini tashkil etadi, quyidagilar bundan mustasno: 
1) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan, shu jumladan egasining roziligi bilan shunday 
foydalanish imkoni yaratilgan maʼlumotlar; 
2) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 
3) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik 
choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
4) soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladigan soliq rejimlari va qoʻshilgan qiymat soligʻini 
toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 
5) toʻlangan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi maʼlumotlar; 
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 
7) xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 
8) moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar summalari 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. 
(2-q.)
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar 
va ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan 
hollar mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq toʻlovchining tijorat sirini (ishlab 
chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan 
mutaxassisga yoki ekspertga ular oʻz majburiyatlarini bajarishi chogʻida maʼlum boʻlib qolgan 
axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi. 
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning 
soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soʻralgan 
maʼlumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
(5-q.)
Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxsus 
saqlash va foydalanish rejimiga ega. 
(6-q.)
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega. 
(7-q.)
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning yoʻqotilishi 
yoki bunday maʼlumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab 
boʻladi. 


(8-q.)
Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 
tasarrufidagi, soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan 
tashkilotlar tomonidan olingan maʼlumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga 
nisbatan tatbiq etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin