hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
(1-q.)
Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston
Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish chogʻida bojxona toʻgʻrisidagi
qonunchilikka, ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga
muvofiq soliqlar va
yigʻimlarni undirish boʻyicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va
tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari
bilan tartibga solinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
29-modda. Soliq siri
(1-q.)
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq
sirini tashkil etadi, quyidagilar bundan mustasno:
1) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan, shu jumladan egasining
roziligi bilan shunday
foydalanish imkoni yaratilgan maʼlumotlar;
2) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik
choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
4) soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladigan soliq rejimlari va qoʻshilgan qiymat soligʻini
toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) toʻlangan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi maʼlumotlar;
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
7) xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
8) moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar summalari
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(2-q.)
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar
va ekspertlar tomonidan
oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan
hollar mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq toʻlovchining tijorat sirini (ishlab
chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat
organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan
mutaxassisga yoki ekspertga ular oʻz majburiyatlarini bajarishi chogʻida maʼlum boʻlib qolgan
axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning
soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soʻralgan
maʼlumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
(5-q.)
Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar
maxsus
saqlash va foydalanish rejimiga ega.
(6-q.)
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega.
(7-q.)
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning yoʻqotilishi
yoki bunday maʼlumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan
javobgarlikka sabab
boʻladi.
(8-q.)
Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
tasarrufidagi, soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan
tashkilotlar tomonidan olingan maʼlumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga
nisbatan tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: