Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

41-modda. Dividendlar va foizlar 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Quyidagilar dividendlar deb eʼtirof etiladi: 


1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar boʻyicha foizlar tarzidagi 
foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) 
boʻyicha taqsimlash chogʻida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad
2) tugatish chogʻida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aksiyadorning 
(ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan 
koʻp boʻlgan qismi boʻyicha pul yoki natura shaklidagi toʻlovlar; 
3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki 
chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari 
maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu 
yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan koʻp boʻlmagan qismi 
boʻyicha toʻlash; 
4) ushbu yuridik shaxsning oʻz kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) 
oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qoʻshimcha aksiyalar qiymati 
(ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari.
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar, basharti ular 
aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni toʻlovchi yuridik shaxsning ustav 
fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda toʻlansa, dividendlar deb eʼtirof 
etiladi. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning 
qonunchiligiga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham 
dividendlar deb eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona 
ishtirokchisiga yoki fermer xoʻjaligi boshligʻiga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda 
summasidan toʻlanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi. 
(5-q.)
Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi 
qarz majburiyatlari boʻyicha diskont tarzida olingan daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qatʼi 
nazar), shu jumladan pul omonatlari boʻyicha olingan daromad foizlar deb eʼtirof etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin