(3-q.)
Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi
manbalardan olingan daromadlarga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan
olingan daromadlarga qatʼiy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur
daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish
mumkin boʻlgan ulushi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi
manbalardan olingan
daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi.
44-modda. Royalti
(1-q.)
Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun
toʻlovlar royalti deb eʼtirof etiladi, shu jumladan:
sanʼat, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy taʼminot va maʼlumotlar
bazalariga,
chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga,
audiovizual asarlarga hamda
turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va
fonogrammalarga boʻlgan mualliflik huquqlari;
patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga oʻxshash turlari;
sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau).
Bunda ilmiy-texnika
sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari
toʻgʻrisidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan
qoʻllaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi tufayli)
haqiqiy yoki
potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar
bunday maʼlumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud
boʻlmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin boʻlsa, bu axborot nou-
xau deb tushuniladi.
(2-q.)
Quyidagilar uchun toʻlanadigan toʻlovlarga royalti sifatida qaralmaydi:
1) kompyuter dasturlaridan foydalanganlik (shu jumladan dasturni joylashtirilgan ichki
imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yoʻli bilan moslashtirish), agar foydalanish shartlari
bunday dasturning moʻljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan va uni takrorlash bunday
foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻchirma nusxalar soni bilan chegaralangan boʻlsa;
2) shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning 1-
bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari oʻzida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni
(shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik;
3) kompyuter dasturlarini va maʼlumotlar bazalarini (hisoblash texnikasining dasturiy
vositalarini va axborot mahsulotlarini)
ishlab chiqish, shuningdek dasturlarni oʻrnatish, ularga
ishlov berish va ularni sozlash, moslashtirish va modifikatsiya qilish boʻyicha xizmatlar
koʻrsatganlik;
4) buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish
natijasi
hisoblanadigan, yangi olingan, sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega boʻlgan axborotdan
foydalanganlik;
5) dasturiy mahsulotning nusxalarini ularni takrorlash huquqisiz yoki agar ularni takrorlash
yakuniy isteʼmolchi tomonidan foydalanish bilan cheklangan boʻlsa, tarqatishga boʻlgan huquqni
oʻtkazganlik.
Dostları ilə paylaş: