belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda hisoblab chiqarishi va
toʻlashi;
hujjatlarni koʻrib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati toʻgʻrisida
chaqiruv xatini
olganida soliq organiga kelishi;
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga
hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni
yoki ularga tenglashtirilgan
boshqa hujjatlarni berishi;
soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni
hisoblab chiqarish va toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron
manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, koʻrsatilgan
organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik
qilmasligi;
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotlarining va
soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning tegishli
soliqlarni toʻlash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini
taʼminlashi;
oʻzi soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston
Respublikasi
yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki toʻgʻrisida, agar ustav fondidagi
(ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq boʻlsa, xabardor etishi shart.
(2-q.)
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda
tutilgan majburiyatlardan tashqari, oʻzlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga oʻzlarining
barcha alohida boʻlinmalari toʻgʻrisida va alohida boʻlinmalarga
oid ilgari xabar qilingan
maʼlumotlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida alohida boʻlinma tashkil etilgan yoki mazkur
maʼlumotlar oʻzgartirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
(3-q.)
Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron
shaklda taqdim etish
majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan
tartibga solinadigan munosabatlardagi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan
hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda
olinishini taʼminlashi kerak.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladigan koʻchmas mulkka
ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari,
koʻchmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu
chet el yuridik shaxsining
ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda
xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari koʻrsatilgan
holatlarda oʻz muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi
kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu
qismda koʻrsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu
shaxs tanloviga
koʻra, xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi.
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi
munosabati bilan soliqlar toʻlaydigan soliq toʻlovchilar zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham boʻladi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar
ham boʻlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: