Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

15-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik 
(1-q.) 
Soliq munosabatlarida soliq toʻlovchilar kontragentlarni tanlash chogʻida ularning 
soliq organlarida soliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganligini, kontragentning ishbilarmonlik 
obroʻsini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim boʻyicha 
majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan uning oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan shaxslar 
bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha qilingan xarajatlar (koʻrilgan zararlar), agar ushbu soliq toʻlovchi 
bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida tan 
olinmaydi. 
(3-q.)
Soliq organlari soliq toʻlovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq toʻlovchi 
sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan 


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish 
imkoniyatini beradi. 
2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 
SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR TIZIMI 
16-modda. Soliqlar va yigʻimlar 
17-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari 
18-modda. Maxsus soliq rejimlari 
16-modda. Soliqlar va yigʻimlar 
(1-q.)
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat 
budjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) 
toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov tushuniladi. 
(2-q.)
Yigʻim deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida 
belgilangan majburiy toʻlov tushuniladi, bu yigʻimning toʻlanishi uni toʻlovchi shaxsga nisbatan 
vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni 
amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish 
shartlaridan biri boʻladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa toʻlovlar, 
shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda 
olib qoʻyish soliqlar yoki yigʻimlar jumlasiga kirmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin