Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

5-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi) 
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlar, roʻy berishi kerak boʻlgan 
voqea yoki sodir qilinishi kerak boʻlgan harakatni koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki 


vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan oʻtish davri bilan aniqlanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Kalendar sanadan yoki roʻy berishi kerak boʻlgan voqeadan keyingi kun soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida 
tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan oʻn ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb eʼtirof 
etiladi, bundan kalendar yil mustasno. 
(4-q.)
Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida 
tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil 
boshidan yuritiladi. 
(5-q.)
Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli sanasida 
tugaydi. 
(6-q.)
Agar muddatning tamom boʻlishi tegishli sana mavjud boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, 
muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi. 
(7-q.)
Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan 
belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va 
(yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb eʼtirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Agar muddatning oxirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni 
boʻlmagan kun deb eʼtirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni 
boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(9-q.)
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 
ga qadar bajarilishi mumkin. 
(10-q.) 
Agar hujjatlar yoxud pul mablagʻlari aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kuni soat 
24 ga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilmagan deb hisoblanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin