4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning vaqt boʻyicha amal qilishi (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi)
(1-q.)
Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq
majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga
kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor
qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiliklar orqaga qaytish kuchiga ega.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Soliqlar va yigʻimlarni bekor qilishni, soliqlar va yigʻimlar stavkalarini kamaytirishni,
soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda
yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar bu soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, orqaga qaytish
kuchiga ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar
mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Yangi soliqlar va yigʻimlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilik hujjatlari rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach amalga
kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari
subyektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilik hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Soliqlar va yigʻimlar stavkalarining oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular
rasman eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(7-q.)
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasman
eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)